28 avg 19:24
Yangiliklar
Muattar Nabieva 3 karra jahon chempionini dog'da qoldirib, “Mustaqillik kubogi”ning ilk g'olibiga aylandi
Biroz avval ayollar o'rtasida -55 kg va -59 kg vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi.
Quvonarlisi, ushbu bellashuvlarda hamyurtimiz Muattar Nabieva qozog'istonlik 3 karra jahon chempioni Zulfiya CHinshanlo bilan kechgan keskin raqobatda ustun kelib, musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi.
Ayollar, -55 kg.:
1. Muattar Nabieva (O'zbekiston) – 205 kg (95 kg + 110 kg)
2. Zulfiya CHinshanlo (Qozog'iston) – 200 kg (85 kg + 115 kg)
3. Yoanna Lochovska (Polsha) – 185 kg (80 kg + 105 kg)
SHuningdek, -59 kg vazn toifasida ishtirok etgan 16 yoshli Nigora Abdullaeva ham kuchlilar qatorida munosib natija qayd etdi.
-59 kg.:
1. Ciaomin Luo (Xitoy) – 225 kg (100 kg + 125 kg)
2. Mariya Lobon (Kolumbiya) – 218 kg (97 kg + 121 kg)
3. Figueroa Yusleydis (Venesuela) – 214 kg (92 kg + 122 kg) . . .
5. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 183 kg (83 kg + 100 kg) . . .
Kechki dasturda yana bir hamyurtimiz Kumushxon Fayzullaeva -71 kilogramm vazn toifasida g'oliblik uchun bahs olib boradi. Bahslar 20:00 da boshlanadi.
Fikrlar