02 iyu 16:50
Yangiliklar
Muattar Nabievani tabriklaymiz!
Bugun og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz azosi Muattar Nabieva o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Muattar Nabieva 1996 yil 2 iyun kuni Andijon viloyatida dunyoga kelgan. Og'ir atletika bo'yicha Osiyo va jahon chempionati sovrindori. Ushbu natijalari bilan u -55 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining yo'llanmasini deyarli naqd qilib qo'ydi.
Fursatdan foydalanib, Muattar Nabievani bugungi unutilmas kuni bilan muborakbod etamiz. Unga sihat-salomatlik, musobaqalarda yana ulkan zafarlar tilaymiz.
Havola :
Fikrlar