14 avg 08:36
Yangiliklar
Muaytay bo'ycha Jahon chempionlari taqdirlandi
Yaqinda professional muaytaychilar o'rtasida Tailand poytaxti Bangkok shahrida jahon chempionati bo'lib o'tgan edi. Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi katta muhandisi, kichik serjant Jahongir Yuldashev 60 kilogramm vazn toifasida, ushbu otryadning katta muhandisi, kichik serjant Ongar Boymuratov esa 81 kilogramm vaznda jahon chempioni bo'lgandi.
– Dastlab Xitoy Xalq Respublikasi, so'ngra Meksika, Belarus, finalda esa maydon egasi tailandlik sportchi ustidan g'alaba qozondim, – deydi jahon chempioni Ongar Boymuratov. – Bizlarni qo'llab-quvvatlagan murabbiylarimizga, Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz.
Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari I.Ahmedov sportchilarni qo'lga kiritgan g'alabasi bilan qutladi. Ularga vazirlik tomonidan sovg'alar topshirdi.
Fikrlar