22 noy 09:59
Yangiliklar
Muaytay
Muaytay bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi
Bugun sharq yakkakurashlarining keng tarqalgan turlaridan biri - muaytay bo'yicha yilning yana bir nufuzli musbaqasi boshlandi.
Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan O'zbekiston chempionatida 1999-2000 yillarda tavallud topgan o'smirlar ishtirok etishyapti. Medallar uchun kurash 22ta vazn toifasida o'tkazilmoqda.
O'zbekiston chempionatining barcha g'olib va sovrindorlari 25 noyabr kuni aniqlanadi. O'z vazn toifasida chempion bo'lgan sportchilardan terma jamoa shakllantiriladi va ular kelasi yili o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar