12 may 11:55
Yangiliklar

Muddatidan avval O'zbekiston chempioni bo'lgan Tohirjonovadan mag'lubiyatsiz seriya
Aylana tarzda o'tkazilgan xotin-qiz shaxmatchilar musobaqasida ikki xalqaro grossmeyster - Gulruhbegim Tohirjonova (2349, chempionatning birinchi raqamli ishtirokchisi) va Sarvinoz Qurbonboeva (2219) g'oliblik uchun asosiy davogar sifatida etirof etilgandi.
Lekin chempion nomi chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida aniqlandi. Katta ustunlikka ega bo'lgan Tohirjonova nafaqat O'zbekiston chempionligiga erishdi, balki chempionatni mag'lubiyatsiz ham yakunladi. U so'nggi turda oq donalarda harakat qilib, Nilufar Yoqubboevani mag'lub etdi.
SHu tariqa, Gulruhbegim 9ta uchrashuvdan 8tasida g'alabaga erishdi. Faqat Irina Gevorgyan bilan durang qayd etdi. Uchinchi o'ringa tushib qolgan Sarvinoz Qurbonboeva o'tgan yilgi chempion Nodira Nodijonovadan ustun keldi. Bu esa Sarvinozning 6,5 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallashini taminladi. Olti ochkoga ega Nodirjonova bronza medali bilan cheklandi.
Fikrlar