So’nggi yangiliklar

02:46Рамазон Темировнинг Каванага қарши жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 02:15Темиров Каванага, Ян Двалишвилига қарши, Волкановски эса Евлоев билан жанг қилди! UFC 333 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:29UFC 333: Рамазон Темиров иштирокидаги жанг биринчи раундда якунланди 0 17:15UFC 333: Рамазон Темировнинг Лоне Каванага қарши жанги Тошкент вақти билан соат нечада бошланади? 0 15:23U-15 Жаҳон Кубоги ва фестивали. Ўзбекистон Ганага мағлуб бўлди 0 13:54Дакар-2026: Ўзбекистон сузиш баҳсларида икки спортчи билан қатнашади 0 12:47Бугун UFC 333 турнири ўтказилади: Темиров – Кавана, Ян – Двалишвили ва бошқа жанглар 0 10:03Бугун Тожикистонда ёшлар ўртасида Dushanbe Grand Prix Juniors 2026 турнири старт олади 0 09:26Царукян ва Чимаев жанг қилган RAF 14 турнирининг барча натижалари 0 19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0

22 okt 15:00
Yangiliklar

Futbol

“Muftiy sovrini – 2025” g'olib va sovrindorlari aniqlandi FOTOGALEREYA

21-22 oktyabr kunlari O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy SHayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan diniy soha xodimlari o'rtasida “Muftiy sovrini – 2025” musobaqasining respublika bosqichi o'tkazildi.

Musobaqaning final uchrashuvida Namangan vakilligi va Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti jamoalari o'zaro bellashdi. Ikkala jamoa ham o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rib kelgani yaqqol namoyon bo'ldi. Yakunda Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti jamoasi g'alaba qozonib, musobaqa bosh sovrinini qo'lga kiritdi. 

Murosasiz kechgan o'yinning asosiy vaqtida jamoalar 4:4 hisobida durang qayd etishdi. G'olib jamoa penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda Qoraqalpog'iston musulmonlari qoziyoti jamoasi 4:2 hisobida zafar quchib, "Muftiy Kubogi - 2025" chempioniga aylanishdi. Namangan vakilligi jamoasi kumush, Samarqand vakilligi jamoasi esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Musobaqadan so'ng taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy SHayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboev, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov, O'zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Temur Kapadze, futbol afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etishdi. G'olib jamoa azolarining har biriga medal bilan birga noutbuk taqdim etildi. 

Namangan jamoasiga esa kumush medallar va televizor, Samarqand jamoasiga bronza medali hamda planshet topshirildi. Hakamlar, shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to'purar”, “Eng yaxshi o'yinchi” nominaciyalari g'oliblariga ham qimmatbaho sovg'alar topshirildi. SHuningdek, barcha o'rin sohiblariga pul mukofotlari va esdalik sovg'alari ham taqdim etildi.   

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing