03 jan 09:43
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa dunyoning birinchi raketkasi bo'lish imkoniyatini yo'qqa chiqardi
Dunyoning ikkinchi raketkasi bo'lib turgan Garbine Mugurusa Brisben turnirining ilk davrasidagi uchrashuvini oxirigacha etkaza olmadi.
Ispaniyalik tennischi Aleksandra Krunichga qarshi kechgan bahsni hisob o'z foydasiga - 7:5, 6:7, 2:1 bo'lib turgan bir holatda to'xtatdi. Bunga Mugurusaning tobi qochib qolganligi sabab bo'ldi.
Etiborlisi, ikkinchi setda 24 yoshli Garbine 5:2
hisobida oldinga chiqib olgan va bahsni o'z foydasiga hal qilishga juda ham yaqin
kelgan edi. Bu bilan Mugurusa kelasi hafta elon qilinadigan reytingda dunyoning
birinchi raketkasi bo'lish imkoniyatini yo'qqa chiqardi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar