07 sen 12:45
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa dushanba kuni WTA reytingi karvonboshisiga aylanadi
Ispaniyalik tennis malikasi Garbine Mugurusa kelayotgan dushanba kuni elon qilinadigan WTA reytingida dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida qayd etiladi.
Bunga ayni paytda WTA reytingini boshqarib kelayotgan chexiyalik Karolina Plishkovaning US Open turnirining chorak finalida amerikalik Koko Vandevegega yutqazib qo'ygani sabab bo'ldi. Plishkova o'tgan yili ushbu turnirning finaliga qadar etib kelgandi.
SHu tariqa, Garbine Mugurusa
tennis tarixida dunyo reytingini boshqargan 24-tennischiga aylanadi. 23 yoshli
ispaniyalik tennischi bu yil Uimbldon turniri hamda Cincinnatidagi musobaqada bosh
mukofotni qo'lga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar