06 iyu 14:46
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa Serenani engib, “Rolan Garros” chempioni bo'ldi!
Ispaniyalik tennis Garbin Mugurusa tarixiy g'alabaga erishdi. U hozirgina yakuniga etgan “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirining ayollar o'rtasidagi bahslari g'olibasiga aylandi.
SHu paytgacha Mugurusa hali bunday nufuzdagi turnirlarda zafar quchmagan edi.
Garbin hal qiluvchi final uchrashuvida sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi amerikalik Serena Uilyamsni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Bir soatu 44 daqiqa davom etgan final bahsida 22 yoshli ispaniyalik tennischi 34 yoshli raqibasini 7:5, 6:4 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar