15 okt 11:10
Yangiliklar
Tennis

Mugurusa Yakuniy turnirdagi ishtirokini kafolatladi
Ispaniyalik tennischi Garbine Mugurusa Singapurda o'tkaziladigan mavsumning Yakuniy turniridagi ishtirokini rasman kafolatladi.
Bu haqda WTA rasmiy sayti xabar berdi. Mugurusa Singapurdagi turnirgacha o'tkaziladigan musobaqalardagi natijasidan qatiy nazar reytingda 8-o'rindan pastga tushmaydi.
SHu tariqa, “Rolan Garros-2016” g'olibasi WTA Finals turnirida o'z ishtirokini kafolatlagan oltinchi tennischiga aylandi. Garbinega qadar Anjelik Kerber, Serena Uilyams, Agneshka Radvanska, Simona Xalep va Karolina Plishkova ham shunday huquqqa ega bo'lishgan edi.
Havola :
Fikrlar