31 avg 11:15
Yangiliklar
Muhammad Mokaev ACBJJ Ligasi kamari uchun jang qildi
Oqshomning asosiy voqealaridan biri jiu-jistu qoidalari bo'yicha o'tkazilgan bellashuv bo'ldi. Unda Brave CF promoushenining engil vazn toifasidagi 26 yoshli chempioni, asli dog'istonlik, hozirda Britaniya sharafini himoya qilayotgan Muhammad Mokaev armanistonlik Moris Boleyanni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bellashuv asosan parterdagi kurashlarga boy o'tdi — har ikki raqib ham jangni muddatidan avval yakunlashga harakat qildi. Bahs yakunida Mokaev tashabbusni o'z qo'liga oldi va g'alaba qozondi.
Malumot uchun, 26 yoshli Muhammad Mokaev professional rekordida 17 ta g'alaba bor (shundan 11 tasi muddatidan avval qo'lga kiritilgan), mag'lubiyatlari yo'q, bitta jang esa o'tkazilmagan deb topilgan. Mokaev professional faoliyatini 2020 yilning avgustida boshlagan. Greppling bo'yicha u ikki karra ADCC versiyasi bo'yicha Buyuk Britaniya chempioni hisoblanadi.

Fikrlar