13 okt 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammad Naimov UFC rosteridan chiqarildi
Tojikistonlik MMA jangchisi Muhammad Naimov UFC rosterini tark etdi.
32 yoshli sportchi promoushenda asosan yarim engil vazn toifasida jang qilgan.
Naimov UFC’dagi debyutini 2023 yil iyun oyida engil vaznda Jeymi Mullarkiga qarshi o'tkazgan va ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongandi. Keyinchalik u yarim engil vaznga o'tib, UFC doirasidagi sakkizta jangining beshtasida g'alaba qozondi.
Naimovning rekordi hozirda 13 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar