07 iyu 09:22
Yangiliklar
Futbol

Muhammad Saloh izdoshlari yurtimizga etib kelishdi
Xabaringiz bor, 9 va 11 iyun kunlari O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.
Mazkur o'rtoqlik o'yinlari Andijon va Namangan shaharlarida bo'lib o'tadi. Ana shu o'yinlarda ishtirok etish uchun Misr olimpiya terma jamoasi azolari 6 iyun kuni poytaxtimizga etib kelishdi.
Ular poytaxtimizdagi "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Misrlik futbolchilar bugun Toshkentda mashg'ulot o'tkazishadi. 8 iyun kuni erta tongda Andijon sari yo'l olishadi. O'zbekiston OTJ va Misr OTJ o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik o'yini 9 iyun kuni Andijondagi "Sog'lom avlod" o'yingohida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar