13 fev 18:52
Yangiliklar
Futbol

Muhammadali O'rinboev: "Yaman juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi"
U-20 Osiyo Kubogi 1-turi doirasidagi O'zbekiston – Yaman (1:0) bellashuvidan keyin O'zbekiston terma jamoasi vingeri va sardori Muhammadali O'rinboev fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz uchun birinchi o'yin har doim muhim sanaladi. Jamoadoshlarimga va Yamanga bugungi uchrashuv uchun rahmat aytaman. Xudo xohlsa, shu ruhda davom etamiz.
Yaman juda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin bizda g'alabaga bo'lgan ishonch yuqori edi. Hozirdanoq bugungi bahsni unutib, keyingi turga [Indoneziya] tayyorgarlikni boshlaymiz", – dedi terma sardori.
Eslatib o'tamiz, Indoneziya hamda O'zbekiston o'rtasidagi 2-tur uchrashuvi 16 fevral kuni 16:30 da boshlanadi.
Havola :
Manba : t.me/Davron_Fayziev
Fikrlar