So’nggi yangiliklar

12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0

26 sen 11:52
Yangiliklar

SHaxmat

Muhammadzohid Suyarov jahon chempioni, yana ikki shaxmatchimiz vice-chempion!

Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida rapid (tezkor shaxmat) va blic yo'nalishlari bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada dunyoning 19 mamlakatidan 89 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Ular orasida o'g'il bolalarda 22, qizlarda esa 20 nafar xalqaro unvonga ega shaxmatchilar bor. O'zbekistondan 6 nafar shaxmatchi yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Quvonarlisi, 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkazilgan FIDE Rapid va Blic jahon chempionatining rapid yo'nalishida Muhammadzohid Suyarov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, oltin medal sohibi bo'ldi. Yana bir hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 7 ochko bilan kumush medalga ega chiqdi. Belaruslik Denis Lazavi qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 7 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

Qizlar o'rtasidagi rapid bahslarida O'zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Afruza Hamdamova 6,5 ochko to'plab, jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlandi. Qozog'istonlik Kseniya Balabaeva 7 ochko bilan jahon chempioni bo'ldi. FIDE bayrog'i ostida harakat qilgan rossiyalik Varvara Polyakova qo'shimchk ko'rsatkichlarga ko'ra 6,5 ochko bilan bronza medali sohibasi bo'ldi. To'qqiz imkoniyatdan 6 ochko to'plagan hamyurtimiz Umida Omonova 5-o'rindan joy oldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing