09 apr 17:26
Yangiliklar

Muhammadzohid Suyarov Jahon kubogi yo'llanmasiga ega chiqdi
Musobaqaning erkaklar o'rtasidagi bahslarida Jahon kubogiga beriladigan yo'llanmalar so'nggi turda aniqlandi. Muhammadzohid Suyarov oq donalarda turkmanistonlik Saparmirat Atabaevni mag'lubiyatga uchratib, 7 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egalladi. Kuchli uchlik qozog'istonlik shaxmatchilar tomonidan band etildi. Ansat Aldiyar 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Agar so'nggi turda hamyurtimiz Saidakbar Saydaliev aynan Aldiyarni mag'lub etganida, u ham Jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritardi. Afsuski, Saydaliev mag'lubiyatga uchrab, yakunda 6 ochko bilan 13-o'rin bilan kifoyalandi. Grossmeysterimiz Abdumalik Abdusalimov ham bugun so'nggi turda yutqazmaganida Jahon kubogi chiptasiga ega chiqardi.
Malumot uchun, FIDE Jahon kubogi shu yil Hindistonda tashkil etiladi. Ayollar o'rtasidagi musobaqada chempion bo'lgan Afruza Hamdamova ham Jahon kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Bu musobaqa 5-29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar