So’nggi yangiliklar

15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0

10 fev 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

Muhiddin Madaminov "Al-Beruniy" turniri peshqadamlari safida

Poytaxtimiz "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turniriga mezbonlik qilyapti.

Umumiy mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqa uch guruhda o'tkazilmoqda. "Masters" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchining ishtirok etayotgani musobaqa nufuzidan darak bermoqda. 

Kecha o'tkazilgan 7-turda ikki yosh grossmeyterimiz Abdumalik Abdusalimov va Muhiddin Madaminov o'zaro bahs olib borishdi. Qora donalarda harakat qilganiga qaramay, Muhiddin ushbu uchrashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritib, ochkolarini 5 taga etkazib oldi. 

Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin oq donalarda armanistonlik Hayk Martirosyan bilan durang o'ynadi. Ortiq Nig'matov Vladislav Artamevga, Afruza Hamdamova esa Sanan Syugirovga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHant Sargsyan va Ma Kyun partiyasida durang qayd etildi.  

Ettinchi turdan so'ng "Masters" guruhi turnir jadvalida SHant Sargsyan, Hayk Martirosyan va Muhiddin Madaminov 5 ochkodan jamg'arib, peshqalamlik qilyapti. Kuchli beshlikdan joy olgan Volodar Murzin va Vladislav Artamev hisobida 4 ochkodan bor. Bugun 8-turda Madaminov yana bir shaxmatchimiz Ortiq Nig'matovga qarshi oq donalarda o'ynaydi.  

"CHellenjer" guruhida ham 7-turdan keyin bir yo'la uch nafar ishtirokchi - David Paravyan, Arseniy Nesterov (ikkisi ham Rossiya) va Daneshvar Bardiya (Eron) 4,5 tadan ochko jamg'arib, qo'shhokimlik qilyapti. Yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov 4 ochko bilan 4-o'rindan joy olgan. Kecha o'tkazilgan 7-turda Humoyun qora donalarda yana bir shaxmatchimiz Saidakbar Saydaliev bilan durang o'ynadi. Muhammadzohid Suyarov turnirdagi ilk g'alabasini Almas Rahmatullaevga qarshi bahsda qo'lga kiritdi. Arseniy Nesterov - David Paravyan uchrashuvida kuchlar teng keldi. 

"Fyuchers" guruhida turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 7 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg'arib, yakka karvonboshi bo'lib turibdi. Rossiyalik Klementi Sichyov va hindistonlik Pa Iniyan 5 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasashgan. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijaga hozircha Asrorjon Omonov erishib turibdi. U 4 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Omonov 7-turda shveciyalik grossmeyster Vitaliy Sivuk bilan durang qayd etdi. Umida Omonova va Nilufar Yakubboeva oq donalarda mos ravishda Saparmirat Atabaev hamda Pa Iniyanga yutqazib qo'yishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing