So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

12 fev 15:01
Yangiliklar

SHaxmat

Muhiddin Madaminov "Al-Beruniy" xalqaro turniri "Masters" guruhi g'olibi + FOTO

Poytaxtimiz mezbonligida o'tgan mukofot jamg'armasi 68 700 AQSH dollarini tashkil qiluvchi "Al-Beruniy" nomidagi II Xalqaro shaxmat turniri o'z yakuniga etdi.

Musobaqa uch guruhda o'tkazildi. "Masters" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan 6 nafar xorijlik shaxmatchining ishtirok etgani musobaqa nufuzini oshirdi. Qolgan ikki guruhda ham dunyoning etakchi shaxmatchilari g'oliblik yo'lida bahs olib borishdi. 

Quvonarlisi, 18 yoshli grossmeysterimiz Muhiddin Madaminov "Masters" guruhi g'olibiga aylandi. U so'nggi 9-turda qora donalarda o'ynashiga qaramay, rossiyalik grossmeyster Sanan Syugirov bilan durang qayd etdi. Bu esa uning 6,5 ochko bilan chempion bo'lishi uchun kifoya qildi. Muhiddin bosh sovrin bilan birga 10 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. 

Madaminovga etib olishi mumkin bo'lgan armanistonliklar SHant Sargsyan va Xayk Martirosyan o'z partiyalarida durang o'ynashdi. Aynan shu ikki grossmeyster 6 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasashdi. "Masters" guruhida qatnashgan shaxmatchilarimiz Abdumalik Abdusalimov, Ortiq Nig'matov va Afruza Hamdamova so'nggi o'rinlarni band etishdi. Rapid bo'yicha amaldagi jahon chempioni Volodar Murzin 5,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rin bilan kifoyalandi.

"CHellenjer" guruhi g'olibligi 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg'argan Daneshvar Bardiyaga nasib etdi. Eronlik grossmeyster so'nggi turda Arseniy Nesterov bilan durang o'ynadi. Bardiyaning chempionligiga yosh shaxmatchimiz Muhammadzohid Suyarov ham yordam berib yubordi. U 5,5 ochkoga ega bo'lib turgan guruhning birinchi raqamli ishtirokchisi rossiyalik David Paravyanni mag'lubiyatga uchratdi. Nesterov qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra ikkinchi, Paravyan uchinchi o'rinni egalladi. Yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov 5 ochko bilan 4-o'rindan joy oldi. 

"Fyuchers" guruhida turkmanistonlik Saparmirat Atabaev 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg'arib, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi. Hindistonlik Iniyan Pa ham 7 ochko jamg'ardi va u ikkinchi o'rinni egalladi. Sovrinli uchinchi o'rin 6,5 ochko jamg'argan belaruslik Mixail Nikitenkoga nasib etdi. Hamyurtlarimiz orasida eng yaxshi natijaga Asrorjon Omonov erishdi. U 4 ochko bilan 6-pog'onadan joy oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing