So’nggi yangiliklar

12:46Ҳасанбой Дўсматов янги менежерлик компанияси билан шартнома имзолади + ФОТО 0 12:14Хавьер Мендес Нурмагомедовнинг нокаути ҳақида: "Ёнида бўлишим керак эди" 0 11:45Жек Грилиш яна ижарага кетмоқда 0 11:13"Рекордим 14-0. UFC'га ўтиш вақти келди, шекилли" - Хотамбек Бойназаров 0 10:39Гэтжи Конор Макгрегор билан жанг қилиш эҳтимолини баҳолади 0 10:13Гусковнинг мураббийи кейинги рақиб ким деган саволга жавоб берди 0 09:4119 ёшли Ямаль "Барселона"нинг 91 йил сақланиб турган рекордини янгилади 0 09:08Шу ҳафта Нурсултон билан бир оқшом жанг қиладиган Хукер Нурмагомедовни UFC`да синаб кўришга тайёр 0 08:37Пратес Ислам Махачевни нокаут эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:06US Open 2026. Биринчи ракеткамиз ҳам ғалаба билан бошлади 0 21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0

29 sen 12:35
Yangiliklar

SHaxmat

Muhiddin Madaminov jahon chempioni, yana ikki shaxmatchimiz sovrindor!

Peru poytaxti Lima shahrida 20 yoshgacha bo'lgan shaxmatchilar o'rtasida rapid va blic bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionati yakunlandi.

27-28 sentyabr kunlari blic, yani tezkor shaxmat bo'yicha bahslar tashkil etildi. O'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada hamyurtimiz Muhiddin Madaminov 13 imkoniyatdan 12 ochko jamg'arib, jahon chempioniga aylandi. Birinchi raqam ostida tasniflangan FIDE bayrog'i ostida o'ynagan rossiyalik Denis Lazavik 11,5 ochko bilan kumush medal sohibiga aylandi.

Jahon chempionatining bronza medali yana bir hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarovga nasib etdi. U 10 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasadi. Humoyun Begmuratov esa 9 ochko bilan 4-o'rindan joy oldi. Jahon chempionati sovrindori bo'lgan uchchala shaxmatchi ham so'nggi 13-turda qora donalarda o'ynaganliklariga qaramay, raqiblarini mag'lubiyatga uchratishdi.

Etiborlisi, Muhammadzohid Suyarov rapid bahslarida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko to'plab, jahon chempioni bo'lgandi. Muhiddin Madaminov 7 ochko bilan kumush, shuncha ochkoga ega Denis Lazovik qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra bronza medaliga ega chiqqandi. 

Jahon chempionatining qizlar o'rtasidagi blic bahslarida Umida Omonova kumush medal bilan taqdirlandi. Hamyurtimiz 13 imkoniyatdan 9,5 ochko jamg'ardi. Niderlandiyalik Elin Robers 12 ochko bilan jahon chempioni bo'ldi. Rossiyalik Aleksandra Tarasenko 9 ochko to'plab, bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Terma jamoamiz azolaridan Madinabonu Xalilova 6, Afruza Hamdamova 13-o'rin bilan kifoyalandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing