So’nggi yangiliklar

09:16Супероғир вазнли Энтони Жошуани вазн ташлашга мажбур қилишди. Нега? 0 08:55Арман Царукян Куат Хамитовнинг чақирувини қабул қилди 0 08:34Жейк Пол Жошуа билан face to face маросимда қорнини чиқариб олди + ФОТО 0 08:13Туркия Кубоги. "Галатасарой" ўз майдонида ягона гол эвазига "Истанбул Башакшеҳир"ни мағлуб этди 0 07:5221 яшар ҳамюртимиз Rossa Racing таркибида Дубайдаги 24 соатлик пойгада иштирок этади + ФОТО 0 07:31Украиналик аралаш яккакурашчига UFC’даги иккинчи жанг берилди 0 18:18"У унчалик ҳам кучли эмас". Хоакин Бакли Шавкат Раҳмоновга бўлган муносабатини очиқлади 0 17:57Катта қайта қуриш: "Манчестер Юнайтед" ёзда ярим ҳимояни тўлиқ янгилашга тайёр 0 17:36Оғир атлетикачиларимиз Қатар кубогида қатнашади 0 17:15Америкалик UFC жангчиси Шавкат Раҳмонов ҳақида: "Ундан кўра мен Ўзбекистонга яқинроқман" 0 16:54Илҳом Назимовнинг рақиби ўзгарди. Ҳамюртимиз энди RIZIN чемпионлик камари учун жанг қилади! 0 16:33Англия Лига Кубоги 1/2 финал учрашувларига қуръа ташланди 0 16:12"Сени таслим этишларини сабрсизлик билан кутяпман". Фьюри Пол билан жанг олдидан Жошуага мурожаат қилди 0 15:51"Имкон бўлса уни ўлдираман". Жошуа — Жейк Пол билан бўлажак жанг ҳақида 0 15:30Айтжан Халмаханов UWW томонидан эътироф этилди 0

05 apr 06:54
Yangiliklar

Boshqalar

Muhim! Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasining axboroti

Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taminlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo'ylab tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni taminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yil 4 aprel sanasida O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig'ilishida bu yo'nalishda quyidagi qo'shimcha chora-tadbirlar belgilandi: 

Birinchidan, joriy yil 6 apreldan etiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “o'zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi: 

shaxsning o'zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo'lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko'rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qatiyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog'liq holatlar bundan mustasno;

harakatlanishda hamda savdo do'konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;

65 yoshdan yuqori yoshda bo'lgan va surunkali kasalligi bo'lgan fuqarolar o'z uylaridan o'ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qatiyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

Ikkinchidan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan taminlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi. 

Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o'lchanadi hamda 37 S va undan yuqori bo'lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo'l qo'yilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

SHuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda etkazib beriladi.

Uchinchidan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfekciya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.

To'rtinchidan, karantin talablarining ijrosini so'zsiz taminlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo'lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo'l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida ‼️avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo'li bilan ushlab turiladi. 

Beshinchidan, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06-00 dan etiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.

Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko'rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.


@koronavirusinfouz

#vahimasizkarantin

#karantinbezpaniki

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing