So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

09 noy 15:50
Yangiliklar

Boshqalar

Muhtarama 12 marta jahon chempioni!

Teglar :  Muhtarama
Greciya poytaxti Afina shahrida tosh ko'tarish bo'yicha bo'lib o'tgan bahodirlar o'yinida ko'p karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Muhtarama Alieva o'z kuch va mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy etibor va g'amxo'rlik, istedodli sportchilar qo'llab-quvvatlanayotgani samarasida xalqaro sport maydonlarida opa-singillarimiz erishayotgan yutuqlar salmog'i yildan-yilga ortmoqda.

Greciyada bo'lib o'tgan bahodirlar o'yini musobaqalarida Germaniya, Polsha, Franciya, Italiya, Rossiya, AQSH singari jahonning 20 dan ortiq davlatidan 100 dan ortiq polvon g'oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning xotin-qizlar o'rtasidagi bahslarida 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan andijonlik Muhtarama Alieva 16 kilogramm og'irlikdagi toshni “uzun usul” (erdan elkaga, elkadan yuqoriga, yuqoridan elkaga va elkadan erga)da 10 daqiqa ichida 105 marta ko'tarib, eng yuqori natijaga erishdi va o'n ikkinchi bor jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

– Nomdor va kuchli sportchilar ishtirok etgan musobaqada g'olib bo'lish oson kechgani yo'q albatta, – deydi Muhtarama. – Jiddiy tayyorgarlik hamda muayyan tajriba va mahorat menga juda asqotdi. Yakunda g'olib bo'lib, O'zbekistonimiz bayrog'ini xalqaro musobaqada yana bir bor baland ko'tarish sharafiga muyassar bo'lganimdan xursandman.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing