14 apr 20:50
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				Mujibillo Tursunov: "Ertaga deyishsa, ertaga jang qilaman!"
Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Mujibillo Tursunov "IBA CHempionlar oqshomi" doirasida tanzaniyalik Juma CHokiga qarshi jangidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
			Mazkur jangda hamyurtimiz ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan edi.
"Qo'llab-quvvatlab turgan barcha muxlislarga rahmat. Jang yaxshi bo'ldi. Raqibimning bunday jang qilishini kutmagan edim. Noqulay ekan raqib. Xudoga shukur, Allohning irodasi bilan yutib oldik. Keyingi janglargacha xatolar ustida ishlab, bundan ham yaxshiroq jang ko'rsatishga harakat qilaman. Raqibimdan chidamlilik, hurmat oldim o'zimga. Keyingi jangim promouterlarimning harakatlariga bog'liq, ertaga deyishsa, ertaga jang qilaman", dedi Tursunov.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
             
			
Fikrlar