11 dek 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Mujibillo Tursunov qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempionatining oltin medaliga ega chiqdi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarning final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mujibillo Tursunov finalda qozog'istonlik Dulat Bekbauovga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlar hamda nazoratchilar tomonidan Mujibillo Tursunov foydasiga 5:2 hisobi qayd etildi. SHu tariqa, Mujibillo Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi oltinlari soni 5 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar