04 dek 14:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning jangi uchun promo-rolik namoyish etildi (VIDEO)
14 dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi o'zining navbatdagi professional boks oqshomini tashkil etadi.
Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida o'zbekistonlik professional bokschi, ikkinchi eng engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy davogar Murodjon Ahmadaliev ringga ko'tariladi.
Ahmadalievga turnir doirasida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO) raqiblik qiladi. O'n ikki raundlik jang yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun bo'lib o'tadi.
Matchroom Boxing matbuot xizmati jang uchun rasmiy promo-rolikni namoyish etdi:
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
O’xshash yangiliklar
14:55
Madrimovning vaznidagi qozog'istonlik bokschi prof faoliyatida ilk bor g'alaba qozona olmadi 0
Fikrlar