07 fev 08:52
Yangiliklar
Sport kurashlari
![](/upload/storage/322007_220.jpg)
Musa Saydulbatalov boshchiligidagi erkin kurashchilarimiz Dog'istonga jo'nab ketdi
Erkin kurash bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi.
Mashg'ulotlarga Dog'iston mezbonlik qiladi. Yig'in 27 fevralga qadar davom etadi.
Razambek Jamalovning shaxsiy murabbiyi hamda O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi bosh murabbiyi Musa Saydulbatalov tomonidan jalb etilgan tarkibda Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori G'ulomjon Abdullaevni ham ko'rish mumkin.
Yig'indan ko'zlangan maqsad 25-30 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishdir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar