04 sen 18:42
Yangiliklar

Mustaqillik bayrami munosabati bilan bir guruh sport faxriylari taqdirlandi
Ularning boy tajribasi asosida malum sport turi bo'yicha bir maktab shakllanadi.
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi oldinda turgan masuliyatli musobaqalar va o'zbek sportining kelajagi uchun faxriylarning bitmas-tuganmas tajribasini yoshlarimizga ham ulashish dasturini ishlab chiqqan. Bunda har bir sport federaciyalariga o'z sohasining piri bo'lgan mutaxassislar biriktirilgan bo'lib, ular sportchilarimizning mashg'ulotlari, ularning kundalik rejalarini, oziq-ovqat racioni va tibbiyot taminotini o'rganib, o'zlarining maslahatlarini berib borishmoqda. Mustaqallik bayrami munosabati bilan ana shunday beminnat xizmat qilayotgan faxriylarimiz MOQ tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Sovg'alar O'zbekiston sporti faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov tomonidan topshirildi.
SHubhasiz, ko'rsatilgan bunday etibor va g'amxo'rlik yoshlarga namuna bo'libgina qolmay, o'zbek sportining rivoji yo'lida xizmat qiladi.
Fikrlar