So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

19 noy 16:36
Yangiliklar

Futbol

Mutolaa uchun: "Barselona" yilni 5 mln evro evaziga AQSHdagi o'rtoqlik o'yinlari bilan yopadi (mutolaa uchun)

Teglar :  Barselona
Kataloniyaliklarni okean orti - sehrli o'lka kutmoqda

Barselona ➡️ Dallas, "Almeriya" ➡️ Meksikaning "Amerika"si.

Bu "Barsa"ning 2023 yildagi so'nggi o'yinlari marshruti (20-21 dekabr).

Ha, "Barselona" haqiqatdan ham qita va vaqt mintaqasini o'zgartirgan holda ikki kunda ikki bor o'ynaydi.

Nima uchun?


"Barsa"ning gonorari – 5 mln evro. Top-o'yinda Akapulkodagi bo'rondan jabr ko'rganlar uchun pul yig'iladi

Bunday uzun va logistik jihatdan qiyin safarning asosiy sababi pul. The Athletic manbalari "Barselona"ning gonorarini 5 million evroga baholadi.

Muhim jihat: "Barselona" rasmiy saytida o'yindan tushgan daromad oktyabrda Akapulko Meksika kurortida kamida 48 kishining hayotiga zomin bo'lgan "Otis" bo'ronidan jabr chekkanlarga yo'naltirilishini xabar qildi.

"Amerika" bilan o'yin Dallasda 90 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladigan "Kotton Boul" stadionida bo'lib o'tadi. "Barselona" 2022 yilning yozida bu erda "Yuventus" (2:2) bilan o'ynagandi. O'shanda 58 000 muxlis o'yinni kuzatgan.



Mexikoning "Amerika" jamoasi ancha kuchli raqib. Bu joriy mavsumda ham muntazam chempionatida g'olib bo'lgan va pley-offda favorit sifatida ko'rilayotgan Meksika ligasining eng sovrindor jamoasi. Tajribali muxlislar esa akasi Jio kabi aynan "Barselona"da tanilgan Jonatan dos Santosni ko'rishdan mamnun bo'lishadi.


"Barsa" rostdan ham La Liga o'yinidan so'ng Dallasga uchadimi?

Huddi shunday. Kataloniyaliklar saytda o'zlarining rejalarini yozishgan.

Barselona va Dallas o'rtasidagi taxminiy masofa 8340 kilometr. Parvoz taxminan 12 soat, ikki shaharlar o'rtasidagi vaqt bo'yicha farq esa etti soat.

Xavi jamoasini mana nimalar kutmoqda.

"Barselona" 20 dekabrning 19:00ida "Almeriya"ga qarshi La Liga 18-tur o'yinini boshlaydi. O'yinchilar final hushtagidan so'ng birdan Amerikaga yo'l olishadi. Dallasdagi o'yin mahalliy vaqt bilan 21 dekabrning 20:00iga belgilangan. Evropada esa 22 dekabr va ertalab soat 3 bo'ladi (Toshkentda ertalabgi 7).

Klub futbolchliar o'z oilalariga qaytishga va Rojdestvoni nishonlashga ulgurishlarini xohlaydi. "Barselona"ning 2024 yildagi ilk o'yini 3 yanvar kuni "Las-Palmas"ga qarshi.


SHimoliy Amerikadagi o'yinlar – "Barselona"ning uzoq yillik orzusi. Hatto u erda chempionat doirasida "Jirona"ga qarshi o'ynashni ham xohlashgandi

"Barselona" bunday o'yinlarni har yili o'tkazishni xohlaydi. Amerika bozori juda muhim: Spotify global bredi bilan homiylik, taniqli musiqachilar bilan qo'shma akciyalar va boshqa faollik – bularning barchasi auditoriyani jalb etishga yaxshigina yordam beradi.

Eng kutilmagani 2019 yilning yanvarida Mayamida "Jirona"ga qarshi La Liga o'yini edi.



Bunga eng ko'p qiziqish bildirgan va La Liga rahbariyati bilan tashkilotga yordam berishga uringan Xaver Tebas edi. "O'yinning tashkil etilish ehtimoli 83 foiz", – deb aytgandi Tebas o'shanda. Liga hattoki tasirga ega Miami Herald gazetasining bosh sahifasida #BringUsTheGame (Bizga o'yinni olib keling) shiori bilan reklama qo'ygandi.

Ammo, Ispaniya futbol federaciyasi FIFA bilan hamkorlikda rasmiy o'yinlarni Ispaniyadan tashqarida o'tkazishga taqiq qo'ygandi.

"Biz bu o'yinni o'tkazishga tayyor edi, barcha foydadan xabarimiz bor edi, ammo kelishuv yo'q ekan bunday loyiha amalga oshishi mumkin emas" – deb tushuntirgandi "Barsa".


Bu "Barsa"ning ligadagi pauzadan foydalangan ilk qishi emas. SHuningdek, Amerikada o'ynamaslik mumkin

"Barselona" chempionatdagi bayram tatilini oldin ham daromadini oshirish uchun ishlatgan. Bunday o'rtoqlik o'yinlarini AQSHda o'tkazish shart emas, klubga boshqa bozorlar ham qiziq – Osiyo va Janubiy Amerika.

● "Barsa" 2021 yilning 14 dekabrida "Boka Xuniors" bilan o'yin uchun Saudiya Arabistoniga uchib ketdi. Argentinaliklar penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi, kataloniyaliklar esa 3,5 mln evro ishlab olishdi.

● "Barselona" 2016 yilning 16 dekabrida ham Saudiya Arabistonida o'ynagan, ammo bu safar mahalliy "Al Ahli" (5:3)ga qarshi.



800 mln evrodan oshiq qarzga ega klub o'ziga jalb qiladigan tijoriy imkoniyatlarni beetibor qoldirmaydi.


Sports.ru'dan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing