So’nggi yangiliklar

19:41"Бундай ҳолатлар бизнесга фойда келтирмайди". Дана Уайт Нурмагомедовнинг Двалишвилига ҳужуми ҳақида гапирди 0 18:53"Ман Сити"га нисбатан санкциялар тўғрисидаги қарор қачон эълон қилиниши маълум бўлди 0 18:00Двалишвили: "Мен Доғистонни яхши кўраман, хеч кимга нисбатан айблов қўйилишини истамайман" 0 17:05UFC 334 турнири иштирокчиларнинг тўлиқ карди ва жангчилар рўйхати 0 16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0

27 sen 13:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Muvaffaqiyatga ilmiy yondashuv va ilg'or tajribalar orqali erishiladi

Teglar :  O'zDJTSU
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan “Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o'tkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, talim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda olib borilayotgan tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar sport sohasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlarga omil bo'lmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosi taminlanayotgani o'tgan yil Xitoyda o'tgan Osiyo o'yinlari, shuningdek joriy yil Franciya poytaxtida yakunlangan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlaridagi natijalarda o'z aksini topdi. 

Mamlakatimizda mahoratli sportchilarni tayyorlash, ularni yuqori natijalarga erishishini taminlashda xalqaro tajribaning joriy etilishi, boshqaruv tizimida raqamlashtirishga o'tish sari tashlangan qadam ham o'ziga xos poydevor bo'ldi, deyish mumkin. 

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan “Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” mavzusida o'tkazilgan respublika ilmiy-amaliy anjumanida shu haqda so'z bordi. 

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov, O'zbekiston Sport vazirligi boshqarma boshlig'i o'rinbosari M.Arziqulov va boshqalar O'zbekiston sportida keyingi yillarda erishilayotgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar xususida to'xtaldi. 

Anjuman davomida sport sohasida yosh olim va etakchi mutaxassislarni, murabbiylarni tayyorlashning ahamiyati hamda bu yo'nalishda etibor berilishi lozim bo'lgan jihatlar qizg'in muhokama qilindi. 

Xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalaridan kelib chiqib, kelgusi yil qita yoshlari o'rtasida mamlakatimizda o'tadigan “Toshkent-2025” Osiyo o'yinlari, qolaversa 2028 yilgi Olimpiada o'yinlariga sportchilarni tayyorlashda ilmiy-metodik yondashuv zarurligi, davlatimiz rahbarining “Parij-2024” ishtirokchilari bilan uchrashuvda soha mutasaddilari oldiga qo'ygan vazifalarga sidqidildan yondashilishi lozimligi bildirib o'tildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing