So’nggi yangiliklar

18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0

17 okt 08:46
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Muvofiqlashtiruvchi qo'mita Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Mehmonlarni Toshkent-2025 direkciyasi direktori, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi.

Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Muvofiqlashtiruvchi qo'mitasining ishchi guruhi poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. 

Oybek Omilovich dastavval shaharchaning qurilish tarixi haqida so'zlab berdi. Unda 2022 yilning 9 noyabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ushbu ulkan majmuaga tamal toshi qo'yilgani, bugungi kunga kelib, davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan shaharcha qurilishi mana shunday ko'rinishga kelgani haqida gapirib o'tdi. 

Ekskurciya davomida MOQ Bosh kotibi har bir obektning tasniflari, bo'lajak O'yinlar davomida qaysi musobaqalarni qabul qilishi haqida batafsil malumot berdi. Qolaversa, maydonlarni jihozlashda eng so'nggi texnologiyalardan foydalanishi va kompleksni o'zbek sportining taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan ilmiy-metodik klasterga aylantirish ko'zda tutilganini bildirdi. 

O'rganish ishlari davomida mehmonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. SHundan so'ng mehmonlar Olimpiya shaharchasi yaqinida joylashgan "Yangi O'zbekiston" bog'iga tashrif buyurib, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimiz yaqindan tanishdilar. SHuningdek, O'yinlar uchun qurilayotgan yangi mehmonxonalar va musobaqa ishtirokchilari yashashi ko'zda tutilgan "Central Asia" universiteti yotoqxonasi ham ko'zdan kechirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing