So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

26 noy 17:17
Yangiliklar

Paralimpiya

Muxtorxon Tashxodjaev va Asila Mirzayorova Osiyo Paralimpiya qo'mitasi tomonidan taqdirlandi

Muxtorxon Tashxodjaev Osiyo va O'zbekistonda paralimpiya harakatini rivojlantirishga qo'shayotgan hissasi uchun Osiyo Paralimpiya qo'mitasining faxriy ordeni bilan taqdirlandi, Asila Mirzayorova qitamizning “Eng yaxshi ayol para atleti”deb topildi

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Osiyo Paralimpiya qo'mitasining (APC) yakuniga etib borayotgan joriy 2023 yil sarhisobi bo'yicha eng munosiblarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Quvonarlisi, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vice-prezidenti – O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevning yurtimizda va Osiyo qitasida Paralimpiya harakatini rivojlantirishda qo'shayotgan xizmatlari munosib baholandi va tashkilotning Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.

Yana bir ahamiyatli jihati, para engil atletika bo'yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlari sovrindori, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Para Osiyo o'yinlari g'olibi Asila Mirzayorova esa qitaning “Eng yaxshi ayol para atleti”degan sharafli nomga sazovor bo'ldi.


Qitada eng yaxshi nomga munosib bo'lish bu mexnatlar samarasi, izlanishlar mukofotidir. Osiyo minbarlarida etirof etilgan O'zbekiston paralimpiya qo'mitasi raxbari Muxtorxon Tashxodjaev va paraatlet Asila Mirzayorovani  ushbu etirof bilan samimiy muborakbod etgan holda, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing