02 apr 11:37
Yangiliklar
SHaxmat

Muzichuk blic yo'nalishida Evropa chempioni bo'ldi
Gruziyaning Batumi shahrida shaxmatning blic yo'nalishida Evropa chempionati bo'lib o'tdi.
Ayollar o'rtasidagi musobaqada jami 77 nafar ishtirokchi chempionlik uchun dona surdi. Har bir partiyaga 3 daqiqadan va har bir yurishga 2 soniyadan vaqt berildi. Yakunda ukrainalik Anna Muzichuk g'oliblik shoxsupasiga ko'tarildi.
Anna 13 imkoniyatdan 10 ochko to'pladi. Kumush medal germaniyalik Elizabet Petc, bronza esa polshalik Monika Sochkoga nasib etdi. Ikkala shaxmatchi ham 9,5 ochkodan jamg'arishdi.
Malumot uchun, Muzichuk bir kun avval Gruziyaning boshqa bir shahri Tbilisida o'tgan tezkor shaxmat bo'yicha Evropa chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Petc esa o'shanda Evropa chempioni bo'lgandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar