20 iyu 11:12
Yangiliklar
Futbol

MYU 62 mln evro evaziga himoyachi sotib olishga yaqin
"Kristal Pelas" himoyachisi Aaron Van-Bissaka "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.
"Qizil iblislar" allaqachon futbolchi bilan 62 million evrolik bitimga kelishib bo'lishgan. 21 yoshli qanot himoyachisi o'tgan mavsum "Kristal Pelas" safida, barcha turnirlarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assistga erishgan.
Van-Bissaka "Kristal Pelas" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shuningdek Angliyaning U-21 terma jamoasida ham harakat qiladi.
Futbolchi bilan bir qiziq holat mavjud. U 2015 yilda Kongo DRning 20 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida harakat qilgan. 2018 yilda esa Angliyaning U-20 hamda U-21 termalarida to'p tepdi.
Havola :
Fikrlar