08 dek 11:55
Yangiliklar
Futbol

MYU Fellaynini 20 million funtga sotmoqchi
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Maruan Fellayni boshqa klubga o'tishi mumkin.
Mankunianliklar 29 yoshli belgiyalik futbolchi bilan xayrlashishmoqchi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Fellayniga “Vest Xem” qiziqib qolgan, ammo uning transfer narxi (20 million funt) va katta maoshi London klubiga o'tishga to'sqinlik qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, futbolchi MYUga 2013 yilda “Everton”dan 27,5 million funt sterling evaziga ko'chib o'tgandi.
Havola :
Fikrlar