05 jan 10:06
Yangiliklar
MYU futbolchilari Rangnik va uning murabbiylar shtabidan norozi
Dushanba kuni “qizil iblislar” uyda “Vulverxempton”ga mag'lub bo'ldi va bu vaziyatni yanada og'irlashtirdi.
The Mirror jurnalisti Devid Makdonellning xabar berishicha, MYUning 11 futbolchisi jamoa ustozi Ralf Rangnik o'z vadasini bajarmagani va ularga o'yin amaliyoti taqdim etmayotganidan norozi.
SHuningdek, o'yinchilarning ko'pchiligi mutaxassisning ish uslubidan hafsalasi pir bo'lgan. Ular yangi taktikaga ko'nika olmayapti, shuningdek, Rangnik bilan birga ishlayotgan mutaxassislarning saviyasi etarlicha emasligidan ham hayratda qolishgan.
“Manchester Yunayted” kiyinish xonasidagi muhit dahshatli. Aftidan, jamoani katta muammolar kutmoqda”, deya Makdonnel anonim manbaning so'zlariga tayanib xabar berdi.
Fikrlar