12 iyu 07:05
Yangiliklar
Futbol
MYU futbolchisi "Fulxem"ga o'tdi
Yarim himoyachi Andreas Pereyra "Manchester Yunayted"dan ketdi.
Braziliyalik futbolchining yangi jamoasi "Fulxem" bo'ldi. 26 yoshli futbolchi bilan London klubi 2026 yilga qadar shartnoma imzoladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bor.
"Sky Sports" xabariga ko'ra, transferdan MYU 8 million funt ishlab olgan, shuningdek, yana 2 million funt bonuslar tarzida vada qilingan. Futbolchining keyingi transferidan MYU 20 foiz mablag' ishlab oladi.
Pereyra 2011 yildan buyon MYUga tegishli. U asosiy jamoa tarkibida 75 uchrashuvda qatnashib, 4 gol urgan.
Havola :
Fikrlar