15 apr 17:53
Yangiliklar
Futbol
MYU hujumchisi jamoadan ketmoqchi
Hujumchi Antoni Marsyal 2023/2024 yilgi mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni tark etadi.
Franciyalik futbolchi kelasi yozda erkin agentga aylanadi. Uning "Old Trafford"da qolish istagi yo'q. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.
Antoni Marsyal 2023/2024 yilgi mavsum 19 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va sherigiga 1 ta golli pas uzatdi. Avvalroq matbuotda 28 yoshli futbolchi o'z xizmatlarini A Seriya etakchisi "Inter"ga taklif qilgani haqida malumotlar paydo bo'lgandi.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar