21 mar 17:41
Yangiliklar
Futbol

MYU Kavani bilan muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Yunayted" hujumchi Edinson Kavani bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
"Kavani bilan gaplashib turibmiz. Kavani - top-forvard, u o'zining kelajagi borasida o'zi qaror chiqaradi va shu boisdan uning qarorini kutyapmiz. Muzokaralar yaxshi ketmoqda. MYUga raqobatbardosh tarkib kerak. Edinson esa doimiy gol urishga o'rgangan", - dedi Sulsher.
Ushbu mavsumda Kavani MYU tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 7 gol va 2 assist qayd etgan. Uning shartnomasi yozda yakuniga etadi. Ammo tomonlar uni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar