07 jan 17:51
Yangiliklar
Futbol

MYU Koutino uchun kurashga qo'shildi
"Barselona" xavbeki Filippe Koutino yozda klubdan ketishi mumkin.
27 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Manchester Yunayted" ham davogarlik qilishni boshladi. "Qizil iblislar" bu borada "CHelsi" va "Arsenal" bilan raqobatga kirishishlariga to'g'ri keladi.
"Barselona" Koutinoning sotuvidan kamida 40 million evro ishlab olmoqchi.
Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Havola :
Manba : Daily Express
Fikrlar