09 avg 08:05
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/2596_220.jpg)
MYU Pogba uchun “Yuventus”ga 105 mln evroni 2 yil ichida to'laydi
Italiya chempioni “Yuventus” Pol Pogbaning “Manchester Yunayted”ga o'tganini rasman tasdiqladi.
Angliya klubi 23 yoshli francuz uchun 105 million evroni ikki yil davomida to'laydi. Bu pul 5 millionga ko'payishi mumkin, deb xabar bermoqda Turin klubi rasmiy sayti. “Yuventus” ushbu transfer orqali 72,6 million evro sof foyda qildi.
Agar besh yil ichida MYU Pogba bilan shartnomani uzaytirsa yoki boshqa klubga 50 million evrodan ko'proq pulga sotsa, Italiya klubi yana 5 millionga ega bo'ladi. Pogbaning agenti Mino Rayola bu transferdan 20 million oladi va ikki klub pulni teng miqdorda to'laydi.
Havola :
Fikrlar
men EPL Manager da liga yaratdim va nomini «APL Chempionlari» deb qo'ydim. Agar ligamizda ishtirok etsangiz juda xursand bo'lardim!
O'yinni boshlash uchun - shunchaki quyidagi havolaga o'ting va jamoa tuzishingiz bilan ligaga avtomatik qo'shilasiz: https://eplmanager.com/oz/I-WHRL-KCF2
Bizdagi jamoalar soni 30 tadan oshdi siz xam bizga qoshiling