08 iyu 08:29
Yangiliklar
Futbol

MYU Pogbaning maoshini oshirmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, klubdagilar futbolchining maoshini 1 "limon"ga oshirib, unga yiliga 17 mln evro maosh to'lamoqchi. Oldinroq uning xizmatlariga "Real" va "Yuventus" tomonidan qiziqishlar borligi aytilgandi.
Ammo, hozirda koronavirus pandemiyasi sababli ikki klub ham yirik transferlarni amalga oshirmoqchi emas. 27 yoshli Pogba 2016 yildan buyon "qizil iblislar" tarkibida o'ynamoqda. U MYU tarkibida 155 o'yinida 31 gol va 33 assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar