08 noy 04:01
Yangiliklar

MYU Turinda ham kambek qildi va g'alabaga erishdi
Garchi uchrashuvdagi hisobni mezbonlar ochgan bo'lsalar-da, yakunda mehmonlar o'yinni o'z foydalariga hal qilishdi. Krishtianu Ronaldu sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi. 86-daqiqada Xuan Mata muvozanatni tikladi. 89-daqiqada esa Aleks Sandro avtogol muallifiga aylandi.
SHu tariqa, "Manchester Yunayted" klubi mehmondan muhim uch ochko bilan qaytdi. "Yuventus" 2009 yildan beri ilk bor o'z maydonidagi ECHL uchrashuvida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
Yuventus Italiya – Manchester Yunayted Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
«Alyanc Stedium»
Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.
Yuventus – SHchensni, Bonuchchi, Aleks Sandro, De SHilo (Bardzali, 83), Kellini, Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Kuadrado (Manjukich, 90), Dibala, Ronaldu.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, SHou, Yang, Lindelef, Lingard (Reshford, 70), Errera (Mata, 79), Sanches (Fellayni, 79), Pogba, Marsyal, Matich.
Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75), Marsyal (90).
Fikrlar