09 noy 14:12
Yangiliklar
MYU ustozi uchta o'yinga chetlatildi
Angliya futbol associaciyasining malum qilishicha, "Manchester Yunayted" ustozi 19 oktyabr kuni "Brentford"ga qarshi bahsda hakamlar bilan ziddiyatga borgani tufayli 3 ta o'yinga chetlatildi va 7500 funt jarimaga tortildi.
"Yunayted" shtabi mankunianlar maydonda kamchilik bo'lib qolganida Itan Pinnok goli uchun etiroz bildirgandi. Gol yuzaga kelgan paytda hakam Matteys de Ligtga boshidagi jarohat tufayli maydonga qaytishga ruxsat bermagan edi.
O'shanda Erik ten Xag va Rud van Nistelroylar etiroz uchun sariq kartochka bilan jazolanishgan, Fletcher esa tanaffus paytida hakamlar bilan janjallashgandi. MYU sobiq futbolchisi hakamlar brigadasi bilan muloqot vaqtida "haqoratli so'zlar"dan foydalangan.
Fikrlar