05 dek 07:30
Yangiliklar

MYU yana so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi
Garchi “Qizil iblislar” o'yinning 42-daqiqasida Zlatan Ibragimovichning aniq zarbasi evaziga hisobni ochishgan bo'lsa-da, yakunda g'alabani saqlab qola bilmadilar.
Uchrashuvning so'nggi daqiqasida Beyns penaltidan o'rtadagi muvozanatni tikladi. 14-turdan so'ng turnir jadvalida “CHelsi” 34 ochko bilan peshqadamlik qilyapti. “Manchester Yunayted” 21 ochko bilan 6-o'rinni band etgan.
Angliya chempionati. 14-tur
EVERTON – MANCHESTER YUNAYTED 1:1
Gollar: 0:1 – 42 Ibragimovich. 1:1 – 89, penalti Beyns.
“Everton”: Stekelenburg, Funes Mori, Beyns, Koulmen (Xolgeyt, 67), Uilyams, Kleverli (Deulofeu, 65), Berri, Bolazi (Valensiya, 68), Guye, Miralyas, Lukaku.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Roxo, Jons, Darmian, Valensiya, Mxitaryan (Fellayni, 85), Pogba, Kerrik, Errera, Marsyal (Reshford, 83), Ibragimovich.
Ogohlantirishlar: Roxo (16), Berri (31), Fellayni (88), De Xea (88), Lukaku (90).
Fikrlar