16 jan 07:32
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/26743_220.jpg)
“MYU” yangi murabbiyga ega bo'lgan “Stok Siti”ni yirik hisobda mag'lub etdi
Angliya Premer ligasining 23-turidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda manchesterliklar o'z maydonida “Stok Siti”ni qabul qilib, 3:0 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi. Birinchi bo'lim Antonio Valensiya va Antoni Martyal tomonidan kiritilgan gollar evaziga Joze Mourino shogirdlari foydasiga hal bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda Lukaku o'z goli bilan o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi. SHu tariqa "Manchester Yunayted" hamshahri “Manchester Siti”ning mag'lubiyatidan unumli foydalanib, o'rtadagi farqni 12 ochkoga keltirib oldi.
Havola :
Fikrlar