12 iyu 11:02
Yangiliklar
Futbol

Myuller "Bavariya" rahbariyatidan norozi
"Bavariya" forvardi Tomas Myuller "Bayer" yarim himoyachisi Kay Xavercning ehtimoliy transferiga o'z munosabatini bildirdi.
"Men moliyaviy nuqtai nazardan rahbariyatimizning rejalarini bilmayman. Yangi transferlarni ko'rib chiqish va futbolchilarning [hozir jamoada o'ynayotgan] ish haqini kamaytirish biroz g'alati", - deydi Myuller.
Bundan tashqari u Xaverc bilan terma jamoada o'ynash yoqishini va "Bayer" xavbekini yaxshi va iqtidorli futbolchi ekanligini aytdi.
"Bavariya" koronavirus pandemiyasi tufayli futbolchilardan maoshlarini pasaytirishni so'radi. Bundan tashqari klub nafaqat Xavercni, balki "Manchester Siti" forvardi Leroy Saneni ham kuzatmoqda. Transfermarkt talqiniga ko'ra, har ikki futbolchining ham transfer narxi taxminan 80 million evrodan belgilangan.
Havola :
Fikrlar