11 dek 11:48
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/24469_220.jpg)
"MYU"ning "Old Trafford"dagi 40 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasiga barham berildi
Joze Mourino boshchiligidagi "Manchester Yunayted" klubi o'z uyida "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, "Qizil iblislar"ning "Old Trafford"dagi 40ta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi o'z yakuniga etdi.
Qizig'i, bundan oldingi mag'lubiyat ham aynan "Siti"dan qabul qilib olingandi. 2016 yilning 10 sentyabr kuni "shaharliklar" "Old Trafford"dan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar