10 jan 20:36
Yangiliklar
Futbol

MYUning yana bir futbolchisi "Inter"ga o'tmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Eshli Yang "Inter" bilan shartnoma borasida kelishib oldi.
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri muhbiri Nikolo Skira malumot bermoqda. Tomonlar 2021 yilga qadar bo'lgan kelishuv uchun qo'l tashlashgan. Yaqin vaqtlarda ushbu transfer ishlari bilan shug'ullanayotgan agent Milanga tashrif buyuradi.
Ayni damda 34 yoshli futbolchining MYUdagi shartnomasini bekor qilish ishlari ketmoqda.
Yang ushbu mavsumda APLning 12 o'yinida qatnashdi.
O'tgan yozda MYUning ikki nafar futbolchilari - Romelu Lukaku hamda Aleksis Sanches "Inter"ga o'tishgandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar