13 may 13:58
Yangiliklar
Nadal 2008 yildan beri ilk bor Rim "Masters"ining chorak finaliga chiqolmadi
"Masters"ning amaldagi chempioni Rafael Nadal turnirning uchinchi davrasida kanadalik Denis SHapovalovga 3 setda 6/1, 5/7, 2/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va musobaqani tark etdi.
SHu tariqa, ispaniyalik tennischi o'z faoliyatida ikkinchi marta va 2008 yildan beri birinchi bor Italiya "Masters"ining chorak finaliga chiqa olmadi.
Bundan tashqari, u o'z faoliyatida birinchi marta mavsum davomida grunt kortda birorta finalda o'ynamay, "Rolan Garros"da ishtirok etadi.
SHapovalov Nadalni 6 ta o'yinda ikkinchi marta, qo'mli qoplamali kortda esa birinchi marta mag'lub etdi. U so'nggi g'alabani 2017 yilda Kanadadagi "Masters" turnirining birinchi uchrashuvida qo'lga kiritgandi.
CHorak finalda SHapovalov Kasper Ruudga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar