01 may 07:50
Yangiliklar
Tennis

Nadal Barselona turnirida 10-marta bosh mukofotga ega chiqdi
Ispaniyaning Barselona shahrida tennis bo'yicha nufuzli Trofeo Conde de Godo turniri yakunlandi.
Sovrin jamg'armasi 2 428 355 evroni tashkil qiluvchi musobaqada Rafael Nadal bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Turnirning amaldagi g'olibi hisoblangan ispaniyalik tennischi 10-marotaba Barselonada tengsiz bo'ldi.
Roppa-rosa bir yarim soat davom etgan uchrashuvda Rafael Nadal avstriyalik Dominik Timni 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi. Bu Nadalning faoliyatidagi 71-sovrini sifatida qayd etildi.
Havola :
Fikrlar