20 noy 10:30
Yangiliklar
Tennis

Nadal Ispaniyaning so'nggi 50 yillikdagi eng yaxshi sportchisi deb topildi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Ispaniyaning so'nggi 50 yillikdagi eng yaxshi sportchisi deb topildi.
Ushbu mukofotni AS nashri o'zining 50 yilligiga bag'ishlab tasis etdi.
Taqdirlash marosimi 4 dekabr kuni Madridda bo'lib o'tadi. Tadbirda Ispaniya qiroli va qirolichasi ham ishtirok etadi.
Eslatib o'tamiz, Nadal faoliyati davomida 75ta ATP, 16ta "Ulkan toj" turniri g'olibligini qo'lga kiritgan. Ispaniya terma jamoasi safida 4 marotaba "Devis Kubogi" g'olibiga aylangan. Pekin va Rio Olimpiadalari oltin medali sohibi hisoblanadi.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar